O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Bektemir tumanida joylashgan 574-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar turli sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalashdi. Bolajonlarga turli xil o‘yinchoqlar jamlanmasidan iborat sovg‘alar ulashildi.
– Maktabgacha ta’lim muassasasi jajji bolajonlarga tarbiya va bilim beradi, ularni kamolot pillapoyalaridan yuksaklikka boshlab, kelgusi hayotlarining mazmunli va chiroyli bo‘lishiga yo‘l ochadi, – dedi tashkilot tarbiyachisi Laylo Eshonova. – Bu kabi muhim va mas’uliyatli ishni amalga oshirishda bizning jamoamiz ham o‘zini doimo mas’ul deb his qiladi.Muassasamizda tarbiyalanayotgan bolajonlarga quvonch ulashishda biz bilan doimo hamkorlik qilib kelayotgan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyati va xodimlariga, tinglovchilarga minnatdorlik bildiramiz.




Gulnoza Boboyeva, O‘zA