Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlarga quvonch ulashib
12:09 / 2022-03-22

Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri jamoasi “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida bolajonlar uchun qiziqarli tomosha va spektakllar namoyish etmoqda.

Xalqaro teatr kuni, qolaversa, Navroʻz bayrami munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida aholining koʻngilli hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda 21-27-mart kunlari teatr tomoshalari haftaligi oʻtkazilmoqda.



– Maqsadimiz fuqarolarning, ayniqsa, bolajonlarning koʻngilli hordiq chiqarishlariga koʻmaklashish, – deydi Andijon viloyati Qoʻgʻirchoq teatri direktori Hilola Ziyayeva. – Qolaversa, aholi oʻrtasida teatr sanʼatini targʻib etish, teatr sanʼati nufuzini yanada oshirishdir.

Haftalik doirasida yosh tomoshabinlar uchun qator spektakllar, teatr tomoshalari namoyish etiladi. Shuningdek, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, teatr rassomlari, teatr liboslari va dekoratsiyalari koʻrgazmalari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida viloyat Qoʻgʻirchoq teatri hamda “Veteran” jangchi faxriylar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan tadbir va teatr tomoshalariga faxriy harbiylar, baynalmilalchi jangchilar farzand va nabiralari bilan tashrif buyurdi. Tadbirdan soʻng dramaturg Dostonbek Rahmatullayevning “Alifbeni izlab” spektakli namoyish etildi.

Viloyat qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari bolajonlarga quvonch ulashib, teatr foyesida tashkil etilgan spektakl dekoratsiyalari koʻrgazmasi ota-onalarga manzur boʻlmoqda.

F. UBAYDULLAYEV,
Z. UMRZOQOV (surat), OʻzA