Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” topshirildi
09:52 / 2025-12-26

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida tarbiyalanayotgan bolajonlar holidan xabar oldi. Ularni davlatimiz rahbari nomidan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Bolajonlarga baxt va saodat, kelajakda Vatanga munosib inson bo‘lib kamolga yetishiga omad tiladi va Prezidentimizning Yangi yil sovg‘alarini topshirdi.

Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalar, baxtli bolalik, go‘zal diyorimiz madh etilgan qo‘shiqlar, sho‘x kuylar bolalarga bir olam zavq bag‘ishladi. 

Internat uyi 1970 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2020 yilda davlat byudjetidan ajratilgan 311 million so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlangan. Ayni kunda bu muassasada davlat ijtimoiy muhofazasiga olingan bolalar soni 246 nafarni tashkil qiladi.

Ularga 14 nafar tor doiradagi shifokor, 32 nafar o‘rta tibbiyot xodimi, qolaversa, 92 nafar tarbiyachi xizmat ko‘rsatmoqda. Muassasa moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida 2020 yilda 15 milliard so‘mdan oshiqroq, 2021 yilda esa 14 milliard 214 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni kunda ikki qavatli maskanni obodonlashtirish, atrofini ko‘kalamzorlashtirish, bu yerdagi bolalarga zarur shart-sharoitni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, maskanda kunduzgi parvarishlash xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.