Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi
20:43 / 2022-12-29

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida an’anaviy “Prezident archasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ishtirok etdi. Chiroyli bezatilgan archa atrofida Qorbobo bilan Qorqiz, ertak qahramonlari ishtirokidagi teatrlashtirilgan bayram tomoshalari davomida 64 nafar bolajonga tarkibida davlatimiz rahbarining bolalarga yo‘llagan Yangi yil bayrami tabrigi, shirinliklar, 3 turdagi o‘quv quroli, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlardan iborat “Prezident sovg‘asi”   topshirildi.  

[gallery-10128]

San’at ustalari ijrosidagi kuy-qushiqlar, teatr jamoalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari bayramga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Bu yil Orolbo‘yidan 636 nafarga yaqin ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onasi Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolaga, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandiga “Prezident sovg‘asi” topshirilmoqda.  

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirok etib, bolajonlarga Prezident sovg‘asini topshirdi.  

“Prezident archasi” tadbiri Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.  

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA