French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi (+video)
20:02 / 2024-12-26

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun “Prezident archasi” bayram tadbiri tashkil etildi.

Dastlab bolajonlar uchun madaniyat saroyi aktyorlari ishtirokida Yangi yil ertagi tomoshasi namoyish etildi. 

Shundan keyin viloyat hokimi Normat Tursunov bezatilgan Yangi yil archasi atrofida bolalarni bayram bilan samimiy tabriklab, davlatimiz tomonidan ularning har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib tarbiyalanishlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilayotganini alohida ta’kidladi. 

Joriy yilda viloyatda bolalar uyida tarbiyalangan 67 nafar yosh o‘z xonadoniga ega bo‘ldi va mustaqil hayotga qadam quydi. 84 nafari esa yaratib berilgan imtiyozlardan unumli foydalanib oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘ldi. 10 nafardan ziyod yigit-qiz sportda ulkan muvaffaqiyatlarga erishib jahon va respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 

Viloyat hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, shirinliklar, o‘quv qurollaridan iborat sovg‘alar tantanali tarzda o‘z egalariga topshirildi. 

[gallery-21046]

– Kelayotgan yil hammamizga barakali, omadli yil bo‘lsin. Bayram esda qolarli bo‘ldi. Barcha bolajonlarning orzusiga yetishishini, niyati amalga oshishini, ota-onasi yonida bo‘lishini istayman. Boshqa tengdoshlarim qatorida menga ham “Prezident sovg‘asi” berildi. Bundan judayam xursandman. Ayniqsa, ertak qahramonlari bilan bo‘lib o‘tgan tomoshalar yoqdi. Kelajakda prokuror bo‘lmoqchiman. Buning uchun hozirdan a’lo baholarga o‘qishim kerak, – deydi Karmana tumanidagi 6-umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Sevinch Pardayeva. 

Albatta, yurtimizda bolajonlarimiz yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy yangilik va texnologiyalarni o‘zlashtirishga qodir, xorijiy tillarda erkin muloqot qiladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topmoqda. 

– Yurtimizda yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin ifodasi bo‘lgan Prezident archasi tantanalari bolajonlarning eng sevimli tadbiriga aylanib ulgurdi, – deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi Farangiz Ziyodullayeva. – Bugun Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida ham shunday tadbir va bayram dasturxoni tashkil etildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tadbirlarni mazmunli hamda ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida qator amaliy ishlarni olib bormoqda. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi 295 nafar bolajon uchun 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat Prezident sovg‘alari tarqatildi. Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi bolajonlar, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025 yilda bir qator ustuvor tashabbuslar ilgari surilmoqda. Kasb-hunarga o‘qitish, chet tili, axborot texnologiyalari sohasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Har bir tuman va shaharda ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish, ularga tibbiy-ijtimoiy, uyda, kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatlarini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilab berildi. 

Tadbir so‘ngida bolajonlar uchun bayram dasturxoni yozildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OAZOZlarQHA" title="Bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat, video), O‘zA muxbirlari