Bolajonlarga maktab formalari tarqatildi
Saxovatpesha xalqimiz ijtimoiy himoyaga muhtojlarni doimo qo‘llab-quvvatlagan. Buni joylarda mana shunday xonadonlar farzandlariga maktab formalari ulashilayotgini misolida ham ko‘rish mumkin.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tuman hokimligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson – aziz” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, “Temir daftar” ro‘yxatida turgan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning maktab yoshida bo‘lgan 97 nafar bolalariga maktab formalari tarqatildi.
Tuman hokimi Samad Hasanov va tuman prokurori Jasur Tursunov bolajonlarga kelgusida maktabda a’lo baholarga o‘qib, yurtimiz uchun kerakli kadrlar bo‘lib yetishishlari uchun o‘z tilaklarini bildirdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA