Bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev Taxiatosh tumanidagi “Bolalar uyi”ga borib, jamoani va jajji bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Bezatilgan archa atrofida tashkil etilgan tadbirda tarbiyalanuvchilar ishtirokida qiziqarli o‘yinlar ijro etildi. Bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi.

Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ularning doimo davlatimiz rahbarining e’tiborida va g‘amxo‘rligida ekanligi qayd etildi. Shuning uchun ham tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy moslashishga va jamiyatga integratsiyalashga ko‘maklashadigan uy sharoitiga yaqinlashtirilgan shart-sharoitlar yaratish orqali kelajakda barkamol qilib kamol toptirish zarur.
Bayram arafasidagi tadbir murg‘ak qalb egalariga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA