Bolajonlarga bayram sovg‘alari topshirildi
FOTOREPORTAJ
Yurtimiz bo‘ylab keng tantana qilinayotgan Yangi yil bayrami Andijon viloyatida ham ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Ushbu shodiyonalar, ayniqsa, bolajonlarga o‘zgacha zavqu shavq bag‘ishlayotir.
Bayramlar arafasida bemorlar holidan xabar olish, ularga bayram sovg‘alarini ulashish ezgu qadriyatlarimizdan.
Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida bo‘lib, markazda davolanayotgan bolajonlarni hamda ularga sifatli xizmat ko‘rsatayotgan shifokor, xodimlarni Yangi yil bayrami bilan qutladi. Bolajonlarga Prezident sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.
[gallery-21111]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA