Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlarga bayram sovg‘alari topshirildi
17:41 / 2021-05-12

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan yuz nafar yetim bolaga sovg‘alar topshirildi.

Darhaqiqat, Ramazon xayr-saxovat oyi. Shunday ekan, yordamga muhtoj kishilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yetim-yesirlar holidan xabar olish va ularga yordam berish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 10 maydagi «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Orolbo‘yida ham karantin talablariga muvofiq keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

[gallery-2395]

– Muborak Ramazon hayiti bayrami arafasida bolajonlarning ko‘ngillarini ko‘tarishni maqsad qildik, – deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islombek Tajetdinov. – Yaqinda Turkiyaning “TIKA” agentligi bilan hamkorlikda Orolbo‘yidagi 500 nafar ehtiyojmand oilaga ham oziq-ovqat mahsulotlari topshirilgan edi.

Bayram arafasidagi xayriya tadbirlari davom etmoqda.

 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA