Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlar uchun yozgi mavsum boshlandi
17:59 / 2023-06-07

Yoz bolajonlarning sevimli fasli. Har yili bolajonlar bu faslni orziqib kutadi. Kimdir bu davrda oromgohda dam olishga borsa, yana kimdir ota-onasi va yaqinlari hamrohligida sayohatga chiqadi.

Joriy yil yoz faslida Navoiy viloyatidagi 11  statsionar oromgohda 14 ming 160 nafar, 5  kunduzgi oromgohda 920 nafar, 2 mehnat va dam oldirish oromgohlarida 360 nafar hamda 65 sog‘lomlashtirish maydonchalarida 16 ming 790 nafardan ziyod bolani sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan.  

– Viloyatdagi har bir oromgoh bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus Komissiya tomonidan o‘rganishlar olib borilib, mavsumga shay holatga keltirildi, – deydi Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tohir Abdurahmonov. – Mavsumga pedagog, tibbiyot va IIB xodimlari, sport va suzish bo‘yicha yo‘riqchilar, kutubxonachilar, musiqa rahbarlari va texnik xodimlar jalb etildi. Joriy yilgi mavsumda ham “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasi tasarrufidagi oromgohlarda ijtimoiy daftarlarga kiritilgan hamda ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bepul dam olib, sog‘lomlashtiriladi. Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan mahallalardagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari ham bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida hordiq chiqaradi. Hozirda 11 statsionar oromgohlardan 9 oromgoh o‘z faoliyatini boshladi va ularda 2 ming 997 nafar bola dam olmoqda. Qolgan ikkita “Shabboda” va “Oftobjon” oromgohlari o‘z faoliyatini 9-10 iyun kunlari boshlaydi. Bugungi kunda ish boshlagan 9 oromgohda dastur asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, loyihalar va sport musobaqalari tizimli o‘tkazilmoqda. Oromgohlarga va uning atrofida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek, bolalarning salomatligini ta’minlash va nazorat qilish maqsadida tibbiyot xodimlarining doimiy navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan.  

Departament qoshida mavsum davomida ishlaydigan viloyat shtabi tuzilib, bolalarning oromgohlarga qabul qilinishi, mavsumning borishi to‘g‘risida kunlik ma’lumotlar yuritilmoqda.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA