Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlar uchun yana bir sovg‘a
09:47 / 2022-01-03

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi "Do‘stlik" MFYda bolajonlar tarbiya maskani — 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi.

Ushbu maskan 180 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, “Do‘stlik” mahallasidagi 3-7 yoshli bolalarning qariyb 60 foizini ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish imkoniyatiga ega. MTT 5 milliard 450 million so‘m mablag‘lar evaziga bunyod etildi.

MTTning ochilish tadbirida so‘zga chiqqanlar maktabgacha ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor haqida gapirdi. Yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy MTTning bunyod etilishi buning yorqin dalili ekanligi qayd etildi.

Sh.Suyarov, F.Toshmatov(surat), O‘zA