Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlar uchun bayram tuhfasi
18:54 / 2025-12-29

Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Davlat drama teatri ijodkorlari tomonidan “Qorqizning yangi yil sarguzashtlari” nomli spektakl namoyish etildi.

Yangi yil bayrami tadbirlari doirasida tashkil etilgan mazkur sahna asari tizimdagi gvardiyachi va xodimlarning oila a’zolari, ayniqsa bolajonlar uchun bayramona tuhfa bo‘ldi.

Teatr aktyor va aktrisalarining yuksak mahorat va zamonaviy yondashuv asosida ijro etgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Bolajonlarning quvonchli kulgulari va olqishlari tadbirga yanada samimiylik va bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Spektakl orqali do‘stlik, mehr-oqibat, yaxshilik va halollik kabi ezgu g‘oyalar targ‘ib qilinib, bolalarni kitob o‘qishga, bilim olishga hamda rostgo‘ylik orqali yomon illatlar ustidan g‘alaba qozonish mumkinligi uqtirildi.  

Tadbir doirasida tashkil etilgan kitob yarmarkasi ham ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan badiiy hamda ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi. Kitobsevar yoshlar o‘zlariga manzur kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

N.Rahmonova, O‘zA