FOTOREPORTAJ
Poytaxtning Sergeli tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi “Oltin baliqcha” nomli 600-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ikki buyuk siymo — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Muassasada 840 nafar tarbiyalanuvchi 24 ta guruhda ta’lim-tarbiya olmoqda. Yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular qalbida buyuk ajdodlarimizga nisbatan hurmat va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda turli ko‘rgazma va ma’naviy tadbirlar muntazam tashkil etib boriladi.
[gallery-27648]
Navbatdagi tadbirda tarbiyalanuvchilar tomonidan Navoiy va Bobur ijodidan she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolajonlar buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdi. Kichkintoylar ijrosidagi raqslar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, bolalarning ma’naviy olamini boyitishga xizmat qildi.
Oybek PARDAEV (surat), O‘zA