Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlar maroqli hordiq chiqardi
12:09 / 2022-09-03

Yoz fasli o‘z nihoyasiga yetib, yurtimizga kuz kirib keldi.

Yozning jazirama issiq kunlarida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi eng so‘lim go‘shalardan biri bo‘lib, u yerda o‘tayotgan har bir kun qaynoq hayot tarziga aylanadi. Katta yoshdagilar shu daqiqalarda qaytadan bola bo‘lib qolishni jon dildan xohlashadi.

7-14 yoshli bolajonlarimiz uchun mavsum davomida mazmunli, haqiqiy bolalik hissi bilan orom oladigan damlarni ulashish maqsadida Navoiy viloyatida 11 ta statsionar oromgohda 14 ming 460 nafar, 7 ta kunduzgi oromgohda 1 ming 280 nafar, jami 18 ta oromgohda 15 ming 740 nafar bola dam olib, sog‘lomlashtirildi. Shuningdek, xalq ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 148 tasida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchalariga 26 269 nafar bola jalb etildi.

[gallery-8641]

– Mavsum davomida ishlarni tizimli hal etish maqsadida joriy yil mart oyida “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari”ni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhining 2022 yilda faoliyat yuritadigan oromgohlar bo‘yicha Dislokatsiyasi tasdiqlangan edi, – deydi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Normurod Isoqov. – Xususan, Dislokatsiyaga muvofiq, “Qizilqumsement” AJ tasarrufidagi “Shaboda” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 4 navbatda 1027 nafar, “Navoiyazot” AJ tasarrufidagi “Oftobjon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 5 navbatda 1417 nafar, Qiziltepa tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi “Do‘stlik” va “Shodlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida 3 navbatda 553 nafar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi tasarrufidagi “Ishonch” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 5 navbatda 476 nafar, “Navoiy kon metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasiga qarashli “Sarmish”, “So‘g‘diyona”, “Zarafshon”, “Bolajon”, “Pahlavon” hamda ”Kelajak” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi hamda 7 ta kunduzgi oromgohda 4 navbatda 12 ming 45 nafar bola dam oldi.

Mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida may oyida Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat, Ichki ishlar, Sportni rivojlantirish boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda mas’ul xodimlar uchun onlayn o‘qitish ishlari tashkil etildi. Qiziltepa tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi “Do‘stlik” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida oromgoh tashkilotchilarining viloyat seminari tashkil etildi. Seminarda barcha oromgohlarning mas’ullari, rahbarlari, tarbiyachi, yetakchilar, sport yo‘riqchilari, hisobchi va oshpazlar jalb etilib, o‘zaro tajriba almashdi.

– Mavsumga tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirish, mavsum davomida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilib borish va monitoringini amalga oshirish, muammolar yuzaga kelganda ularni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha Federatsiya viloyat Kengashi qoshida viloyat Shtabi tashkil etilib, kunlik axborot almashuvi yo‘lga qo‘yildi, – deydi N.Isoqov. – Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkilotchilari va xodimlari uchun alohida sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik talablarga rioya etilishi bo‘yicha o‘quvlar o‘tkazildi.  

Mavsum davomida “Navoiy kon metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasiga qarashli “Sarmish”, “Zarafshon”, “Bolajon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida viloyatimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 1134 nafar farzandi korxona mablag‘lari hisobidan bepul sog‘lomlashtirildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida istiqomat qiluvchi 200 nafar bolajon “Navoiyazot” AJga qarashli “Oftobjon” oromgohida sog‘lomlashtirildi.

 

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA