Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlar ishtirokidagi “Yangi yil sarguzashtlari”
11:44 / 2025-12-30

FOTOREPORTAJ

Shu kunlarda mamlakatimizda barcha go‘shalarida bayram shukuhi hukmron. Shahar va tumanlarda o‘tkazilayotgan bayram tantanalarida san’atkorlar, Qorbobo va Qorqiz hamda ertak qahramonlari ishtirokida konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish etilmoqda. Ushbu shodiyonalar ayniqsa, bolajonlarga o‘zgacha zavqu shavq bag‘ishlayotir.

Poytaxtimizning Sergeli tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 600-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bolajonlar uchun “Yangi yil sarguzashtlari” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. Ayni paytda  bu yerda 840 nafar bolajon 24 ta guruhda ta’lim-tarbiya olmoqda.

[gallery-26952]

Muassasada turli madaniy tadbirlarni o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Ayniqsa, Yangi yil tantanasini bolajonlar orziqib kutadi.  

Bayram dasturi davomida bolajonlar Yangi yil haqida she’rlar yod olib, qo‘shiq va raqslar ijro etdi. Qorbobo va Qorqiz bilan ertaklar olamiga sayr qildi. Kichkintoylarning yuzidagi quvonch, ko‘zlaridagi hayrat va hayajon bayramga alohida chiroy bag‘ishladi.  

Tadbir yakunida o‘g‘il-qizlarga Yangi yil sovg‘alari ulashilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Bu kabi bayram tadbirlari bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirib, ularning xotirasida unutilmas lahzalarni qoldirishi, shubhasiz.  

Kamola Yusupova, Oybek Pardayev (surat), O‘zA