Fotoreportaj
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda voyaga etmagan bolalar tomonidan hayvonlarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatlar aks ettirilgan lavhalar tez-tez uchramoqda.
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida, Termiz tumani 14-maktabgacha ta’lim tashkilotida “Hayvonlar – bizning do‘stimiz” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda bolalar jonli tabiat bilan tanishib, hayvonlarni asrab-avaylash, ularga mehr-shafqatli bo‘lish haqidagi tushuncha va ko‘nikmalarni egalladi.
[gallery-8771]
Viloyat qo‘g‘irchoq teatrining ayni mavzuga mos spektakl namoyishi bolajonlarning tabiatga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirdi.
Kunning ikkinchi yarmida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasasi tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari bilan “Hayvonot olamini asrang!” shiori ostida hayvonot bog‘iga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida tarbiyalanuvchilar hayvonot olami haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirilib, ular to‘g‘risidagi bilimlarini yanada boyitdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA