Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolajonlar doimo e’tiborda
20:06 / 2022-12-29

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Yangi yil bayrami arafasida 38 nafar chin yetim, ehtiyojmand va nogironligi bor oila farzandlariga qishki kiyim-kechaklar berildi.

Tuman sektorlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi homiyligida olingan sovg‘alar bolajonlarni behad quvontirdi.  

Kiyim-kechaklarni topshirish tadbirida so‘z olgan tuman hokimi Samad Hasanov barchani kirib kelayotgan yangi 2023 yil bilan qutladi. Bolajonlarga yaxshi o‘qib, bilimli va salohiyatli farzandlar bo‘lib ulg‘ayishini, shu vatanga munosib o‘g‘il-qizlar bo‘lib kamolga yetishishini tiladi.  

Bolajonlarning quvonchi tumandagi “Yangi yil” bayrami tantanalariga ulanib ketdi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.