Bo‘lajak shifokor yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan mamnun (+video)
Azaldan xalqimiz shifokorlarni inson salomatligini asrashdek ezgu va savobli ishga butun borlig‘ini bag‘ishlagan fidoyi zotlar deb biladi va hamisha qadrlaydi. Chunki odamlar ularga o‘zlarining eng bebaho boyliklarini – hayotlarini ishonib topshirishadi.
Shu sabab yurtimizda sohani rivojlantirish, shifokorlar malakasini oshirib, ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Xorazm viloyatida yashovchi bo‘lajak shifokor Sharifbobo Hasanov ham bugungi kunda mamlakatimizda shifokorlar uchun berilayotgan keng imkoniyatlardan mamnun.
U Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 5 - bosqich talabasi. Sharifbobo Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar va erishgan yutuqlari xususida gapirdi.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nBVvgITK6xg" title="Bo‘lajak shifokor yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan mumnun" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA