Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Bo‘lajak olim» tanloviga 50 milliard so‘m ajratilgan
12:35 / 2021-05-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan joriy yil aprel oyida e’lon qilingan “Bo‘lajak olim” tanloviga hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Unda ilmiy g‘oyalar, startap loyihalar, ilmiy loyihalar moliyalashtiriladi. Ayni kunlarda ikkita yo‘nalish, ya’ni ilmiy g‘oyalar va startap loyihalarga arizalar qabul qilinmoqda.  

Tanlovda ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’i nazar 40 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Bunda bitta ishtirokchi faqat bitta loyihasi bilan qatnashishi talab etiladi. Bir fuqaroning tanlovning ikki yoki uchta yo‘nalishi bo‘yicha loyihalari moliyalashtirilmaydi.  

Tanlov doirasida kelib tushadigan ilmiy g‘oyalar, ilmiy va startap loyihalarni turli vazirlik, idoralar, oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, xususiy sektor vakillaridan iborat Tanlov komissiyasi ko‘rib chiqadi. Bunda zarur hollarda tor ixtisoslashuvdagi mutaxassislar, jumladan, korxona va tashkilotlar mutaxassislarini qo‘shimcha ravishda jarayonga jalb qilish mumkin.

Shahnoza MAMATUROPOVA,  O‘zA