Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bola puli tayinlash uchun aholidan pul talab qilinganligi rostmi?
17:41 / 2022-02-01

Rasmiy munosabat

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi ba’zi fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan bola puli tayinlashda aholidan pul talab qilish holatlari uchrayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan  bildirilgan rasmiy munosabatga ko‘ra, mazkur xabarlarda keltirilgan holatga nisbatan hech qanday dalillar ko‘rsatilmagan.

Holat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 654-son qaroriga ilova qilingan «Kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablariga ko‘ra, fuqarolarning bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi boshlig‘i nomiga yozgan ariza va unga ilova qilingan zarur hujjatlari fuqarolar yig‘inlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda qabul qilinib olinadi.

Fuqarolar yig‘ini tomonidan ushbu ariza maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etiladi.

Mazkur Nizomga ko‘ra, bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlash yoki uni rad etish fuqarolar yig‘inlari vakolatiga kirmaydi. Mahalla xodimlari bu jarayonlarda ishtirok etmasligi, shuningdek, mazkur qonunchilik talablari yuzasidan barcha fuqarolar yig‘inlari xodimlari va aholi o‘rtasida doimiy tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilishi belgilangan.

O‘zA