Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bola ko‘p terlasa raxit bo‘ladimi? (+video)
16:21 / 2024-09-13

Ko‘pincha 2-3 oylik chaqaloqlarda ko‘p terlash kuzatilsa, onalar bolam raxit bo‘lib qolmadimikan, degan xavotirga tushadi. Ayrimlari shifokorga murojaat qilsa, ba’zilar o‘zlaricha yoki atrofdagilarning turli xil tavsiyalariga qarab, farzandini davolashga kirishadi. Xo‘sh, aslida bola nima uchun terlaydi? Bolaning ko‘p terlashi kasallikmi?

– Yangi tug‘ilgan bolalarning ko‘p terlashiga ikkita sabab bor. Birinchisi, ularni o‘ta qalin kiyintirish, ikkinchisi, bolaning ko‘p harakatlanishi. Ayrim chaqaloqlar yotgan joyida ham oyoq-qo‘llarini tinimsiz harakatlantirib, juda faol bo‘ladi. Ko‘pchilik bolaning ko‘p terlashi sababi raxit yoki vitamin «D» yetishmasligi deb o‘ylab, juda katta dozada vitamin «D» berishni boshlaydi. Eng yomoni, bolada hech qanday tekshiruvlar o‘tkazmasdan dori beradi. 

Vitaminlarni ham mutlaq foydali deb fikrlash noto‘g‘ri. Chunki vitaminlar ko‘payib ketsa, ayniqsa, yog‘da eriydigan «A»,»D»,»Ye», «K» vitaminlari organizmda to‘planib, uni zaharlashi natijasida bolada ko‘ngil aynib qusish, uyqu buzilish holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Undan tashqari vitamin «D» ko‘payib ketsa, bolada qabziyat kuzatiladi. Shuning uchun bolaga vitaminni eng avvalo, tahlil topshirib, natijalar chiqqach, shifokor tavsiyasi va nazorati ostida berish zarur, – deydi oilaviy shifokor Ziyod Fatxullayev.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/aE-As9Ha2ck" title="Bola koʻp terlasa raxit boʻladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, O‘zA