Keyingi yillarda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat va Jinoyat kodeksi hamda boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar o‘z ifodasini topgan.
Bolalarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Konstitutsiyaning 65-moddasiga o‘zgartishlar kiritildi.
Ota-onalarga farzandlarni boqish va tarbiyalash majburiyatidan tashqari, ularning ta’lim olishini, sog‘lom bo‘lishini ta’minlashi singari majburiyatlar ham yuklatilgan. Davlat esa farzandlarimizning sog‘lom o‘sishi, raqobatbardosh kasblarni egallashi uchun moliyaviy jihatdan yordam berish borasida majburiyatlarni oldi.
Aytish kerakki, Konstitutsiyaga kiritilayotgan normalar O‘zbekistonda oila va farzandlarga nisbatan ota-onalarning daxldorlik hissini kuchaytiradi. Bolaning ta’lim va tarbiya olishi, sog‘lig‘ini saqlash va uyg‘un kamol topishini kafolatlaydi. Bu haqida batafsil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ma’lumot beradi.
Batafsil:
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lWEI4w4D_II" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA