O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiyaning tasdiqlanishi inson huquqlari sohasidagi muhim qadam sifatida e’tirof etilishi lozim.
Mazkur hujjat bola huquqlari, uning sha’ni va qadr-qimmatini oliy qadriyat sifatida belgilab, jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan mutlaq murosasiz munosabatni shakllantirishni maqsad qiladi. Ayniqsa, bolalar uchun ishonchli himoya tizimini yaratish, erta aniqlash va profilaktika mexanizmlarini kuchaytirish orqali xavfli holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Zo‘ravonlikka qarshi kurash faqat davlat idoralarining emas, balki butun jamiyatning mas’uliyati ekanini chuqur anglash muhim. Oila, ta’lim muassasalari, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi bolalar xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Ushbu Strategiya amalga oshirilishi natijasida bolalarning huquqiy himoyasi kuchayishi, ularning sog‘lom, xavfsiz va munosib muhitda voyaga yetishi uchun mustahkam asos yaratilishi shubhasiz.
Nigora Rahmonova, O‘zA