Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokuda Xurshidbonu Notavonning o‘zbek tilidagi kitobi taqdim etildi.
20:20 / 2022-10-07

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasi asosida mashhur shoira Xurshidbonu Notavon asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasi asosida tayyorlangan kitob nashr etildi. Asar Bokudagi 8-Xalqaro kitob ko‘rgazmasida taqdim etildi. Kitob o‘zbek shoirasi Shahlo Qosimova tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.

Ozarbayjon va o‘zbek adabiyoti namoyandalari, badiiy ijod muxlislari ishtirok etgan tadbirda Markaz direktori Samir Abbosov, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon Adabiyot muzeyi direktori, akademik Rafael Huseynov, o‘zbek shoirasi Xosiyat Rustam so‘zga chiqdilar.

Ta’kidlash joiz, Boku Xalqaro kitob ko‘rgazmasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi burchagi tashkil etildi. Mazkur stenddan Ozarbayjonga oid o‘zbek tiliga tarjima qilingan nashrlar joy olgan.

Xususan, Xurshidbonu Notavon kitobida adiba bitiklari ham ozarbayjon, ham o‘zbek tilida namoyon bo‘lgan, shoiraning adabiy merosi - asarlari, chizgan rasmlari aks etgan.

Kitobga akademik Rafael Huseynov so‘z boshi yozgan.

G‘.Xonnazarov, O‘zA