Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokuda VII xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilmoqda
16:31 / 2021-10-07

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida VII Boku xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi boshlandi.

Tadbir buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligiga bag‘ishlab tashkil etildi. 

Xalqaro kitob ko‘rgazmasida turli mamlakatlardan 200ga yaqin nashriyot, matbaa korxonalari, kitob do‘konlari hamda madaniy markazlar ishtirok etmoqda.

6 oktyabr kuni o‘z ishini boshlagan ushbu nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekiston noshirlari ham qatnashmoqda.

 

Marhabo Madaminova, O‘zA