English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokuda Ozarbayjon-O‘zbekiston ayollar biznes-forumi o‘tkazildi
12:24 / 2022-07-02

29-iyun kuni Boku shahrida Ozarbayjon-O‘zbekiston tadbirkor ayollar biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya faol ishtirok etdi.

Forumda AT «Xalq banki» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, «Xalq banki» tomonidan xotin-qizlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirdi.

Uchrashuvlar natijasida ikki davlat tadbirkor ayollari o‘rtasida umumiy qiymati 54 million dollardan ortiq bo‘lgan 19 ta shartnoma va memorandumlar imzolandi.

O‘zA