Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi hamda mamlakatda “Konstitutsiya va suverenitet yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan “Zamonaviy huquqiy tizimlarda Konstitutsiya va qonun ustuvorligi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjon Konstitutsiyaviy sudi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur anjumanda xalqaro tashkilotlar vakillari, ombudsmanlar, konstitutsiyaviy sudlar vakillari, olimlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Ombudsmani Feruza Eshmatova ham qatnashib, “Konstitutsiyaviy qadriyatlar va inson huquqlari: global tendensiyalar va chaqiriqlar” mavzusidagi sessiyasida O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasidagi tajriba haqida ma’ruza qildi.
U o‘z chiqishida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Ma’ruza ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va O‘zbekiston tajribasining xalqaro hamjamiyatda e’tirof etilishini tasdiqladi.
N. Abduraimova, O‘zA