Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boku va Yerevan tinchlik ostonasida
13:52 / 2023-06-07

Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) doimiy kengashining maxsus majlisida so‘zga chiqib, Boku bilan Yerevan tinchlik ostonasida turganini bildirdi.

– Ozarbayjon va Armaniston mustaqillikka erishgandan buyon ilk bor o‘zaro suverenitet va hududiy yaxlitlikni hamda chegaralar daxlsizligini hurmat qilish majburiyatini zimmasiga olgan holda, tinchlik ostonasida turibdi, – deya ta’kidladi Bayramov. – Davlatlarimiz mustahkam tinchlik o‘rnatish yo‘lida faol harakat qilyapti. Barqarorlikni mustahkamlash, osuda hayotni ta’minlash, yaratuvchanlik tashabbusini ilgari surish, investitsiya, iqtisodiy taraqqiyot uchun haqiqiy istiqbol va imkoniyat mavjud.

Boku va Yerevan o‘tgan yil Rossiya, AQSH hamda Yevropa Ittifoqi vositachiligida tinchlik shartnomasini muhokama qilishga kirishgan. Shundan buyon tomonlar muzokarani davom ettirmoqda.

Joriy yil may oyida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston va Ozarbayjon bir-birining hududiy yaxlitligini tan oladi, deya bayonot berdi.