Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boku shahrida o‘tkazilgan XIII Xalqaro mug‘om festivalida o‘zbekistonliklar sovrindor bo‘ldi
14:11 / 2023-05-24

Joriy yilning 16-23 may kunlari Boku shahrida XIII Xalqaro mug‘om (maqom) festivali bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufidagi R.Glier nomidagi  Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Namangan viloyatining 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, Buxoro viloyatining  maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Romitan tumanidagi  12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining 16 yoshgacha bo‘lgan  6 nafar o‘quvchisi qatnashdi.

Festival yakuniga ko‘ra, o‘nga yaqin davlatlar orasidan R.Glier  nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov birinchi o‘ringa munosib topildi.

Namangan viloyatining 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Madina Karimjonova hamda R.Glier nomidagi  Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi  Sardor Narzullayev ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Og‘abek Ahtamov faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga festivalning "Eng yosh mug‘om (maqom) ijrochisi" sifatida R.Glier nomidagi Respublika  ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘quvchisi Umarjon Akmalov e’tirof  etildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

    N.Usmonova, O‘zA