Boku Armaniston bilan delimitatsiya jarayonini boshlashga tayyor
Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisining Janubiy Kavkaz bo‘yicha maxsus vakili Annika Soder bilan video aloqa yordamida muloqot qildi. Suhbat davomida Ozarbayjon Armaniston bilan xalqaro huquq tamoyillari asosida delimitatsiya jarayonini boshlashga tayyorligini bildirildi.
Bayramov Ozarbayjon mintaqada uzoq muddatli tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash pozitsiyasida qat’iy ekanini ta’kidladi.
Muzokara chog‘ida vazir YeXHT mulozimiga mintaqadagi holat, uch tomonlama bayonotni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, transport kommunikatsiyasi ochilishi munosabati bilan Ozarbayjon tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida malumot berdi.