Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari R.Nurazizov boks bilan shug‘ullanayotgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda dastlab so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida barcha sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, yoshlarni sportga keng jalb etishga, Olimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan tarixiy hujjatlar aholining, shu jumladan, yoshlarning hayotida katta o‘zgarishlarga asos bo‘layotganligini alohida qayd etildi.

Tadbir yakunida boks bo‘yicha turli musobaqalarda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan yoshlarning ota-onalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining “Minnatdorchilik xati” topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.