Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschimiz – Olimpiada shohsupasida
14:18 / 2014-08-27

Hamyurtimiz Sulaymon Latipov Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz Sulaymon Latipov Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi II Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Nufuzli musobaqaning vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bahsida ishtirok etgan umidli sportchimiz yarim finalda yaponiyalik Subaru Muratani 2:1 hisobida yengdi. Hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik Rufat Huseynovga imkoniyatni boy bergan S.Latipov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Ushbu vaznda yaponiyalik Subaru Murata va hindistonlik Shiam Kumar Kakara bronza medal bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘n olti yoshli bokschimiz Sulaymon Latipov 2013-yili Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va joriy yil Bolgariyada o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.