Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschimiz Moskvada rossiyalik raqibini mag‘lub etdi
11:04 / 2025-02-01

Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan “IBA Champions’ Night” turnirida hamyurtimiz, jahon chempionati sovrindori Saidjamshid Jafarov ringga ko‘tarildi.

Moskvadagi "Lujniki" majmuasida tashkil etilgan boks kechasida Saidjamshid Jafarov rossiyalik Dmitriy Zaxarov bilan jang o‘tkazdi.

71 kilogramm vazn toifasida tashkil etilgan 6 raundlik jang to‘liq davom etdi. Shiddatli kechgan bahs yakunida hakamlarning qaroriga ko‘ra, Jafarov ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

O‘tgan yilning 30 noyabrida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan turnirda Saidjamshid yana bir rossiyalik bokschi Gor Oganesyanni ochkolar hisobida mag‘lub etgan edi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA