Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarning navbatdagi muvaffaqiyatlari
09:54 / 2023-09-17

Dog‘iston Respublikasi Kaspiysk shahrida boks bo‘yicha M.Umaxanov xotirasiga bag‘ishlangan XXII an’anaviy turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 5 tadan kumush hamda bronza, jami 11 medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning 60 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Madiyor Doniyorov barcha raqiblarini yengib oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Faryozbek Do‘smatov, Mirkomil Saytohunov, Lazizbek To‘lqinov, Bekzod Hamidov va Rahmatullo Boymatov finalga qadar o‘tgan janglarda zafar quchib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, xalqaro turnirda Xo‘janazar Nortojiyev, Murodbek Bahriddinov, Nurislom Ismoilov, Diyorbek O‘ralov va Abdurahim Jo‘rayev o‘z vazn toifalarida bronza medali bilan taqdirlandi.

J. Toshxo‘jayev, O‘zA