Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning ulkan muvaffaqiyatlari
18:54 / 2025-04-19

Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham ishtirok etdi.

Musobaqada vazni -75 kg. bo‘lgan Aziza Zokirova finalda belaruslik Alina Veberni taslim qilgan bo‘lsa, -63,5 kg. Abdulloh Madaminov mezbonlar vakili Radna Sibikovni yengdi.  

Shuningdek,Nurislom Ismoilov(-75 kg.) va Nusratbek Tohirov (-86 kg.) oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Finalga qadar o‘tgan janglarda g‘alaba qozongan Gulsevar Ganiyeva, Shohrux Abdumalikov, Muhammadazizbek Ismoilov, Rahmatillo Boymatov va Shohjahon Abdullayev kabi bokschilarimiz kumush medal bilan taqdirlandi.  

Xumorabonu Mamajonova, Rashida Tagirova, Aysanem Saruarova, Faryozbek Do‘smatov, Sanjar Vahobov, Adhamjon Muhiddinov hamda Asilbek Abdurahmonov o‘z vaznlarida bronza medali sohibiga aylandi.

Mazkur natijalardan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 5 kumush va 7 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA