Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning shashti baland 
16:22 / 2024-12-02

Tailandning Chiangmay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kungi bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

63,5 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Adhamjon Muhiddinov nimchorak final bosqichida Xitoy vakili Jenmin Daiga qarshi jang qildi.3 raund to‘liq davom etgan bahsda bokschimiz yirik hisobda g‘alaba qozondi. 

Endi Adhamjon 6 dekabr kuni chorak final doirasida Saudiya Arabistoni vakili Musa Al-Havsau bilan to‘qnash keladi. 

Yana bir bokschimiz Javohir Ummataliyev (75 kg) nimchorak final bosqichida qirg‘izistonlik Daniel Abdrahmanovni yengdi va chorak finalda 4 dekabr kuni tailandlik Jongjoxo Viirapon bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. 

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshladi. Unda 48 kg. vazn toifasidagi bokschimiz Farzona Fozilova Nepal vakilasi Bxomjan Aaratini taslim etdi. Farzona endi chorak finalda mezbon bokschi Yodvarii Txipsatcha bilan 4 dekabr kuni raqobatlashadi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA