French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning muvaffaqiyati
09:43 / 2025-11-21

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilgan World Boxing tashkiloti kubogi bahslarida O‘zbekiston terma jamoamiz 4 ta oltin, 5 kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Asilbek Jalilov, Samandar Olimov, Javohir Abdurahimov va Halimjon Mamasoliyev kabi bokschilarimiz barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Jasurbek Yo‘ldoshev, Nusratbek Tohirov, Farzona Fozilova, Aziza Zokirova hamda Oltinoy Sotimboyeva finalga qadar muvaffaqiyatga erishib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Dilshod Abdumurodov, Adham Muhiddinov, Muhammadazizbek Ismoilov va Gulsevar G‘aniyeva bronza medaliga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA