Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning muvaffaqiyati
13:36 / 2015-10-28

Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda yigirmaga yaqin davlatdan ellikka yaqin bokschi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda yigirmaga yaqin davlatdan ellikka yaqin bokschi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Vazni 49 kilogramgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida o‘tgan bahslarda Vatanimiz sharafini himoya qilgan Otabek Xolmatov ozarbayjonlik Ruslan Rustamov, gruziyalik Nodar Darbaidze va qozog‘istonlik Rustam Xamtolni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 91 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Obidjon Tohirov ham barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

56 kilogramm vazn toifasida germaniyalik Alen Raximich va turkiyalik Furkan Pank ustidan zafar quchgan Shunqor Abduraimov bronza medal bilan taqdirlandi. Yakunda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.