Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning jahon chempionatidagi yurishi davom etadi
14:38 / 2025-12-08

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida bugun, 8 dekabr kuni 7 nafar charm qo‘lqop ustamiz ringga ko‘tariladi.

Chempionatning kechagi bahslarida qayd etilgan natijalar haqida to‘xtalsak. Jumladan, Xo‘janazar Nortojiyev (-57 kg) jahon chempionatidagi ilk jangida Shri-Lanka vakili Rukmal Prasanna Podi Arachchigeni 5:0 hisobida taslim etdi. Afsuski, Sayat Ilyasov (-63,5 kg) va Shavkatjon Boltayev (-67 kg) o‘z vazn toifalarida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Dunyo birinchiligining bugungi bellashuvlarida quyidagi bokschilarimiz rinnga ko‘tariladi:

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Armen Mashakaryan (Iba-Pro) 

-80 kg: Javohir Ummataliyev - Omurbek Bekjigit uulu (Qirg‘iz Respublikasi) 

-92 kg: To‘rabek Habibullayev - Kalil Luan Brasil (Braziliya) 

+92 kg: Arman Maxanov - Uladzislau Smiahlikau (Belarus) 

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Anvarjan Xodjiyev (Qirg‘iz Respublikasi) 

-60 kg: Abdumalik Xalakov - Enrike Kakulov (Ispaniya) 

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Vahtang Xarutyunyan (Armaniston) 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA