Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz "Yelorda kubogi"dagi ishtirokini boshladi
08:06 / 2023-06-28

Qozog‘istonning Astana shahrida kattalar o‘rtasida xalqaro "Yelorda kubogi" bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi.  

Avvaliga 71 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari bahsida Nurislom Ismoilov mezbonlar vakili Amangeldi Nurjanga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ushbu vazndagi boshqa bir bokschimiz Havasbek Asadullayev esa qozog‘istonlik Akkalikov Sabirjanni mag‘lub etdi.  

Bugun, 28 iyun kuni uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi.  

-67 kg: Bekzod Hamidov - Seitjan Raxat (Qozog‘iston)

-80 kg: To‘rabek Xabibullayev - Sanjay (Hindiston)

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Shabbos Negmatulloyev (Tojikiston)

Eslatib o‘tamiz, 2 iyul kuniga qadar davom etadigan mazkur turnirda dunyoning 10 mamlakatidan kelgan 200 nafarga yaqin bokschilar g‘oliblik uchun raqobatlashmoqda.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri