Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz Rossiya, Qozog‘iston va Vengriya ringlarini titratmoqda
09:40 / 2024-05-15

Xabaringiz bor, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rossiya, Qozog‘iston va Vengriyada o‘tayotgan nufuzli musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Jumladan, Rossiyada o‘tayotgan xalqaro turnirda terma jamoa a’zolaridan Shahzod Muzaffarov, Dilshod Abdumurodov, Ruslan Abdullayev va Jasurbek Yo‘ldoshev o‘z vazn toifalarida dastlabki janglarini g‘alaba bilan yakunladi. 

Qozog‘istonda davom etayotgan «Elorda kubogi»ning navbatdagi kunida 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi va ulardan 5 nafari g‘alaba qozondi. Aniqrog‘i, Athamjon Muhiddinov, Rahmatullo Boymatov, Xumorabonu Ma’majonova, Mavluda Movlonova, Mohira Abdullayeva navbatdagi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, afsuski, Asadbek Rajabov, Nusratbek Tohirov, Muxlisa Xushvaqtova va Shahina Ne’matova o‘z vaznlarida mag‘lub bo‘ldi.  

Vengriyada yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada vazni 51 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Abdurahmon Mahmudjonov mezbon bokschisi Noyel Nagini taslim qilgan bo‘lsa, 60 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Abdulaziz Jo‘raqulov shotlandiyalik Flayn Luani yirik hisobda yengdi. Shuningdek, o‘z vaznlarida Elbek Baxtiyorov, Akbar Ahmadov, Ruslan Esonov va Rahmonjon Qodirov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz g‘olib bo‘ldi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA