Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz qit’a chempionatining finali uchun jang qiladi
11:17 / 2024-12-08

Bugun, 8 dekabr kuni Tailandning Chiangmay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatining yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 11 nafar a’zosi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi.

Kun davomidagi janglarda terma jamoamiz a’zolaridan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (-48 kilogramm) yarim finalda filippinlik Jay Bryan Barikuatro bilan ro‘baro‘ keladi.

Shuningdek, -51 kg.da Asilbek Jalilov — Pasindu Godakandalage (Shri-Lanka), -54 kg.da Shahzod Muzaffarov — Yelmir Nabiyev (Ukraina), -57 kg.da Mirazizbek Mirzahalilov — Ian Klark Bautista (Filippin), -63,5 kg.da Adhamjon Muhiddinov — Mark Ashley Fajardo (Filippin), -67 kg.da Mujibillo Tursunov — Bunjong Sinsiri (Tailand), -71 kg.da Havasbek Asadullayev — Byamba-Erdene Otgonbaatar (Mo‘g‘iliston), -75 kg.da Javohir Ummataliyev — Cheng-En Liu (Xitoy Taypeyi), -80 kg.da To‘rabek Habibullayev — Yerassil Jakpekov (Qozog‘iston), -86 kg.da Jasurbek Yo‘ldoshev — Ahmadjon Saidov (Tojikiston), +92 kg.da Jahongir Zokirov — Oybek Oralbay (Qozog‘iston) janglari bo‘lib o‘tadi.

Yana bir e’tiborli holat. Yarim final janglarida eng ko‘p ishtirokchi O‘zbekiston bokschilari bo‘lsa, undan keyingi qatorda 10 nafar bokschi bilan Qozog‘iston terma jamoasi joy olgan. Ukraina va Tojikistondan 5 nafardan bokschi 1/2 final bosqichiga yetib keldi. Filippinning 4, Tailand, Mo‘g‘uliston, Xitoyning 3 nafardan, Yaponiya, Xitoy Taypeyi, Qirg‘iz Respublikasining 2 nafardan, Kamboja va Shri-Lankaning 1 nafar bokschisi final chiptasi uchun kurash olib boradi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA