Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz "Qirg‘iziston gavhari" musobaqasida 7 ta oltin medalga ega chiqdi
11:44 / 2025-06-14

Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida o‘tgan IX xalqaro "Qirg‘iziston gavhari" sport o‘yinlarida yurtimiz bokschi-yoshlari munosib natijaga erishdi.

Ushbu turnirning boks bahslarida o‘smirlar jamoamiz ham ishtirok etdi. Baxtiyorjon To‘raboyev murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi 7 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Cho‘lpon-Ota ringlarida o‘tgan shiddatli janglarda Abduvoris Rahimjonov, Kamronbek Bahodirov, Javlonbek Mahamadisaqov, Asadbek Esonboyev, Ibrohim Shokirjonov, Jahongir To‘ychiboyev va Asadbek Sultonboyev o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ular sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA