Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi
23:06 / 2025-08-01

Tailandning Bangkok shahrida U22 va U19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi.

Dastlab -48 kg. vaznda Maftuna Musurmonova Saudiya Arabistoni vakili A’lonud Alhamdini 5:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, vazni -57 kg bo‘lgan Robiya Ravshanova Janubiy Koreya vakili Yubeyen Seoni 3:2 hisobida yengdi. Afsuski, Muslima Turg‘unova -54 kg vaznda bo‘lib o‘tgan jangda qozog‘istonlik Janel Imantayevaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘g‘il bolalar orasidagi bellashuvlarda Odilshoh Halimov, Muhammadjon Yaqupboyev, Norbek Abdullayev va Islom Salihov o‘z vazn toifalarida zafar quchdi.

Ertaga, 2 avgust kuni 8 nafar charm qo‘lqop ustamiz chempionatdagi ilk janglarini o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA