Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz Osiyo chempionatidagi yurishini boshladi
14:57 / 2025-04-20

Iordaniyaning Amman shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari boshlandi. Mazkur musobaqa “World Boxing” tashkiloti tomonidan o‘tkazilmoqda. Unda 18 davlatdan 399 nafar charm qo‘lqop ustalari qatnashmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida kichik o‘smirlar toifasida O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili ringga ko‘tarildi. Vazni -43 kg. bo‘lgan Zarifjon Ne’matov Xitoy Taymeyi vakili Ya-Ge Panni uchinchi raundda texnik nokautga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, -46 kg. vazn toifasida Oybek Olimjonov BAA sharafini himoya qilgan Marvan Alsheyebani birinchi raunddayoq texnik nokautga tushirib qo‘ydi. Afsuski, Ulug‘bek Soliyev va  Shohrux Xudoyberdiyev o‘z vazn toifasida mag‘lub bo‘ldi.  

Bugun, 20 aprel kungi bahslarda o‘smirlar yosh toifasida janglar tashkil etiladi va unda terma jamoamizning 5 nafar vakili jang qiladi:

-50 kg: Dinislom Davlatiyorov – Sergey Artemenko (Ukraina);

-54 kg: Sabrina Chakamanova – Xadicha Safinova (Qirg‘iziston);

-52 kg: Asadbek Esonboyev - Kazuma Kumamoto (Yaponiya);

-54 kg: Bobomurod Boymirzayev – Hayitmurat Astanov (Turkmaniston);

-57 kg: Asilbek Abduqodirov – Mohaime Al-Allakmo (Iroq).

Osiyo chempionati 1 mayga qadar davom etib, 19-25 aprel kunlari saralash, 26-27 aprelda yarim final va 29-30 aprel kunlari final bellashuvlari o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA