Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz muvaffaqiyatli start oldi
10:49 / 2025-06-07

Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli "Eyndxoven kubogi" O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Jumladan, musobaqaning 60 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etayotgan Abdumalik Xalakov mezbonlar vakili Geronima Xartmansga qarshi ringga ko‘tarilib, yakunda 5:0 hisobida zafar quchdi.  

Shuningdek, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev vazni -70 kg. bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari orasidagi bellashuvlarda ukrainalik Yevgeniy Ivanyukka hech qandan imkoniyat qoldirmadi. To‘rabek Habibullayev esa -90 kg. vazn toifasida litvalik Jonas Jazevisiusni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA