4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida “World Boxing” tashkiloti tomonidan ilk marotaba jahon chempionati o‘tkaziladi.
Ushbu dunyo birinchiligida 60 davlatdan jami 500 nafardan ziyod bokschi medallar uchun ringga ko‘tariladi. Janglarning saralash va 1/4 final bosqichlari 4-10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tsa, 12-13 sentyabr kunlari 1/2 finalda bokschilar ringga ko‘tariladi. Final bahslari 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionati favoritlaridan hisoblangan O‘zbekiston terma jamoasi Angliyaning Sheffild shahrida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, jahon chempionati o‘tkaziluvchi Liverpul shahriga yetib bordi.
Quyida jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan bokschilarimiz tarkibi bilan tanishasiz:
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev;
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov;
-60 kg: Abdumalik Xalokov;
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
-70 kg: Shavkatjon Boltayev;
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev;
-80 kg: Javohir Ummataliyev;
-85 kg: Akmaljon Isroilov;
-90 kg: To‘rabek Habibullayev;
+90 kg: Jahongir Zokirov ;
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA