Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz jahon chempionatida porlamoqda
09:22 / 2025-09-10

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari hozircha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

Gap shundaki, chempionatning navbatdagi kunida 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi va ularning barchasi muvaffaqiyatga erishdi. Jumladan, Javohir Ummataliyev -80 kg. vaznda Janubiy koreyalik Kim Minseongni 5:0 hisobida yengdi va chorak finalda qozog‘istonlik Nurbek Oralbayga qarshi jang o‘tkazadigan bo‘ldi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa 65 kilogrammgacha vazn toifasida chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tgan bahsda finlyandiyalik Ismail Umarni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi.  Endi bokschimiz chorak finalda qozog‘istonlik Ertug‘an Zeynulinov bilan jang qiladi.

Shuningdek, kun davomida Feruza Kazakova, Sitora Turdibekova, Sabina Boboqulova, Aziza Zokirova, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shodiyorjon Meliqo‘ziyev va Akmaljon Isroilov kabi bokschilarimiz o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozonib, chorak final bosqichiga yo‘l oldi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA