Bokschilarimiz jahon chempionatida 1 kumush va 3 bronza medalga sazovor bo‘ldi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tgan jahon chempionatida 1 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tgan jahon chempionatida 1 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi.Dunyoning oltmishdan ziyod davlatidan uch yuzdan ortiq sportchi ishtirok etgan nufuzli musobaqaning vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bahslarida Bilolbek Mirzarahimov finalgacha qozog‘istonlik Sanatali Toltayev, armanistonlik Narek Xovxanissyan, rossiyalik Beslan Hamzayev va turkiyalik Nejat Ekinjini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.
O‘z vazn toifasida Otabek Xolmatov, Shunqor Abdurasulov va Shohro‘z Rahimov bronza medali bilan taqdirlandi.