Ispaniyaning La Nusiya shahrida o‘tkazilgan “Boxam” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 4 oltin va 2 bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-92 kg. vaznda jang olib borgan bokschimiz Shohjahon Abdullayev raqibi, mezbon davlat bokschisi Reyes Pla Emmanuyel ringga chiqmagani sababli Shohjahon Abdullayev musobaqani oltin medal bilan yakunladi. Shuningdek, vazni -63,5 kg. bo‘lgan Mujibillo Tursunov finalda Amit Kumar (Hindiston) ustidan zafar quchib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Turnir davomida -71 kg. vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Havasbek Asadullayev meksikalik Marco Verdeni taslim etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. -80 kg. vazndaTo‘rabek Habibullayev mezbonlar vakili Bernal Pablo Coyni yengib, delegatsiyamizga yana bir oltin medalni keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqada Lazizbek Mullajonov va Ruslan Abdullayev o‘z vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA